CRM va telefoniya integratsiyalari

Bitrix24, amoCRM va OnlinePBX bilan bir bosishda ulanish. Hech qanday kod yozish shart emas.

BI
Bitrix24
CRM va telefoniya

Bitrix24 CRM bilan integratsiya. Qo'ng'iroqlar, mijozlar va agentlarni avtomatik sinxronlash. Har bir qo'ng'iroq tugaganda tahlil avtomatik boshlanadi.

SOZLASH QADAMLARI
  1. Bitrix24'da Developer resources → Outbound webhook yarating
  2. Webhook URL'ni CallMetrics'dan oling va qo'ying
  3. ONVOXIMPLANTCALLEND eventini tanlang
  4. Inbound webhook ham yarating (audio uchun)
  5. Saqlang — har qo'ng'iroq avtomatik tahlil qilinadi
AM
amoCRM
CRM va qo'ng'iroqlar

amoCRM bilan qo'ng'iroqlarni sinxronlash va tahlil qilish. Long-lived token orqali oson ulanish.

SOZLASH QADAMLARI
  1. amoCRM → Sozlamalar → Integratsiyalar → Yangi integratsiya
  2. Long-lived access token'ni oling
  3. CallMetrics'ga token va subdomain'ni kiriting
  4. Webhook URL'ni amoCRM'ga qo'ying
  5. Yangi qo'ng'iroqlar avtomatik keladi
ON
OnlinePBX
Virtual ATS

OnlinePBX virtual ATS bilan integratsiya. Qo'ng'iroq yozuvlarini avtomatik olish va tahlil qilish.

SOZLASH QADAMLARI
  1. OnlinePBX → Sozlamalar → API → Yangi API kalit yarating
  2. API kalit va domenni CallMetrics'ga kiriting
  3. Webhook URL'ni OnlinePBX'ga qo'ying
  4. «Qo'ng'iroq tugadi» eventini tanlang
  5. Saqlang — yozuvlar avtomatik tahlil qilinadi

O'z CRM tizimingizni ulang

Ro'yxatda yo'q tizim bormi? CallMetrics Webhook API orqali istalgan CRM yoki telefoniya bilan integratsiya qilish mumkin.

API hujjatlar